"Zenit" bosh murabbiyi Semak: Shomurodov yorqin o‘ynamoqda, u chempionatni ochib turibdi

  • 17 oktabr, 2019, 15:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer Ligasining 13-turidan o‘rin olgan "Zenit" va "Rostov" qarama-qarshiligi oldidan Sankt Piterburg klubi bosh murabbiyi Sergey Semak o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Rostov" tezkor hujumlarda juda yaxshi o‘ynamoqda. Standartlarni havfli ijro etishmoqda. Juda malakali ijrochilar eg‘ilgan. "Rostov" to‘plagan ochkolarining barchasiga haqli tarzda erishdi.

Jarohatlar yo‘q. Ammo terma jamoalarga futbolchilarni ketishi doim murabbiylarga tashvish tug‘diradi. Barchaning tayyorgarligi turli hil. Kimdur ko‘p o‘ynagan, yana kimdur kam o‘ynagan.

Hozirda futbolchilarning holatini to‘g‘ri taqsimlash kerak. Chempionatda qiladiga ish ko‘p. Oldinda qiziqarli va qiyin bahslar kutib turibdi. Yaxshi o‘ynashga harakat qilamiz.

Shomurodov yorqin o‘ynamoqda, ko‘p gollar urmoqda. U chempionatni ochib turibdi. Samarali natija ko‘rsatmoqda va muxlislarni xushnud etmoqda.

Darvozani kim qo‘riqlaydi? Tez orada bilib olasiz. Biroz sabr qiling," - dedi Semak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!