“Zenit” gollandiyalik himoyachiga qiziqmoqda

  • 4 yanvar, 2019, 07:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning “Zenit” klubi rahbariyati Gollandiyaning “Feyenoord” jamoasi himoyachisi Yerri Yuste xizmatlariga qiziish bildirmoqda. Bu haqda Algemeen Dagblad nashri xabar berdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli futbolchiga Donetskning “Shaxtyor” klubi ham qiziqish bildirgan. Joriy mavsumda Yuste Gollandiya chempionatida 13 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qildi.

Iqtidorli himoyachining “Feyenoord” bilan amaldagi kelishuvi 2021 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda Yuste “Feyenoord” safida mamlakat Kubogi va Superkubogi sohibiga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!