Zidan “Arsenal”ni shokka tushirdi

  • 13.08.2020 10:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Zidanning kutilmagan qarori tufayli “Arsenal” kelajak tarkib uchun rejalarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

London klubi shu oyda madridliklarga kerak bo‘lmay qolgan Dani Sebalosni transfer qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan va bu ish ancha etilib qolgan edi.

Biroq, Zinedin Zidan ham Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, tarkibni qayta shakllantirishga kirishdi. Moliyaviy sharoit yangi o‘yinchilarni sotib olishni ko‘tara olmasligi tufayli frantsiyalik mutaxassis ijaradagi futbolchilarni ortga qaytara boshladi.

Ana shu maqsadda Dani Sebalos ham mavsumoldi mashg‘ulotlariga taklif etildi va bu muddat ichida o‘zini ko‘rsata olsa, orzusi ushalib, “Real” tarkibida to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Sebalos “Real”da ishonchli o‘yin ko‘rsatib, Ispaniya terma jamoasi safida Evropa chempionati va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni maqsad qilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!