
Zidan Beylni nega Myunxendagi turnirga olib kelmaganini aytdi
“Real” Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan kecha Audi Cup turniri doirasidan o‘rin olgan “Tottenxem”ga qarshi o‘yindan so‘ng nega Garet Beyl tarkibga jalb etilmaganini izohladi.
“Beyl formada emasligi uchun bu turnirda ishtirok etmayapti. Shifokorlar bilan maslahatlashganimizdan so‘ng uni Madridda qoldirishga qaror qildik. Shuning uchun u klub qarorgohida shug‘ullanmoqda. Bu qaror murabbiylar, Garet va shifokorlar bilan o‘zaro kelishgan holda qabul qilingan”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 30 yoshli uelslik futbolchi “Real” uni Xitoy klubiga qo‘yib yubormagani uchun Myunxendagi turnirga borishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar