Zidan: Bu futbolchi sotilmaydi!
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa himoyachisi Rafael Varanga “Manchester Yunayted” tomonidan bo‘layotgan qiziqishga o‘z munosabatini bildirdi.
- Varan sotilmaydi. Bu faqatgina mening talabim emas. Klub rahbarlari ham buni istamaydi. Biz Varan shu erdaligidan xursandmiz, - dedi Zidan.
27 yoshli himoyachi 2011 yildan beri “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. U madridliklar safida uch karra Ispaniya chempioni va to‘rt bor Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.
Varan joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi o‘nta uchrashuvda qatnashdi.



Fikrlar