Zidan jamoani qabul qilib olishga rozilik berdi!

  • 9 yanvar, 2022, 19:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Sport.es  nashri “Real”dan ketganidan beri ishsiz yurgan Zinedin Zidan “Pari Sen-Jermen” bilan shartnoma bo‘yicha kelishib olgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, frantsiyalik mutaxassis Parij klubini yozda qabul qilib oladi. Tomonlar shaxsiy shartnoma bandlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi.

Parij klubi hozirgi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoning ishidan qoniqmayapti. Argentinalik mutaxassis yulduzni tarkibni boshqarishga qiynalmoqda. Bundan tashqari, Pochettinoning o‘zi ham Angliya premer-ligasiga qaytishni istayapti.

49 yoshli Zidan yaqinda “Manchester Yunayted”dan taklif olgan edi. Biroq ingliz tilini bilmasligi uchun ularga rad javobini berdi.

Zidan yozda “Real”ni tark etgunicha bu jamoa bilan qo‘lga kiritgan sovrinlari sonini 11 taga etkazib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!