Zidan Mbappe haqida nimalar dedi?
“Real” Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan PSJ forvardi Kilian Mbappe haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Kilianning bunday yutuqlarga erishishi ajablanarli emas. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi, buni statistika ham isbotlaydi.
U PSJdagi barcha futbolchilar qatori yuqori darajali o‘yinchi. Biz bu jamoadan ehtiyot bo‘lishimiz kerak”, - deydi Zidan.
Eslatib o‘tamiz, “Real” va PSJ 26 noyabr kuni EChL guruh bosqichi doirasida Madridda maydonga tushishadi.

Fikrlar