Zidan murabbiylikka qaytyapti! U oʻziga murabbiylar shtabini yigʻdi

  • 26.03.2026 09:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Jahon futbolida oʻz oʻrniga ega boʻlgan futbol afsonasi Zinedin Zidan “Real”dagi bosh murabbiy faoliyatini yakunlangandan keyin ishsiz yuribdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, fransiyalik mutaxassis 2026 yildagi jahon chempionatidan keyin Fransiya milliy terma jamoasini qabul qilib oladi.

Ana shu maqsadda Zidan Fransiya milliy terma jamoasida ishlash uchun oʻz murabbiylar shtabiga David Bettoni va Hamid Msaidini taklif qildi. Bu haqida L'Équipe xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, ushbu mutaxassislar avval ham Zidan bilan Ispaniya grandida birga ishlagan.

Avvalroq, Zidan Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) bilan milliy jamoada bosh murabbiy sifatida ishlash boʻyicha ogʻzaki kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

Zinedin Zidan “Real” bosh murabbiyi sifatida ikki karra Ispaniya chempioni boʻlgan, ikki marta Superkubokni qoʻlga kiritgan va uch marta Chempionlar ligasida gʻalaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!