Zidan MYu ko‘zlagan transferni barbod qilgani oshkor bo‘ldi

  • 19 oktabr, 2020, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida “Real”ning norvegiyalik yarim himoyachisi Martin Edegorni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan ekan.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar so‘nggi besh yil davomida bir necha bor Edigorni qo‘lga kiritishga harakat qilgan. Yarim himoyachining “Real Sosedad”dagi o‘yinidan ilhomlangan  MYu rahbarlari yaqinda ham futbolchini ijaraga olib, keyin to‘liq transfer qilish taklifi bilan chiqqan.

“Manchester Yunayted”ning bu rejasi Zinedin Zidanning qarori tufayli barbod bo‘ldi. Bu yil birorta transferni amalga oshirmagan madridliklar bosh murabbiyi so‘nggi pallada  Edegorni asosiy tarkibga kiritib, “Real”da olib qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!