Zidan “Real”dan boshqa jamoaga o‘tdi

  • 5 oktabr, 2020, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidanning o‘g‘li Lyuka madridliklar tarkibini tark etib, Segunda ishtirokchisi “Rayo Valekano” safiga qo‘shildi.

Tecno

22 yoshli darvozabonni tekinga qo‘lga kiritgan “Rayo Valekano” u bilan ikki yillik bitim imzoladi.

Lyuka Zidan “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Qirollik klubi”ning o‘smirlar va yoshlar jamoasida turli musobaqalarda ishtirok etgan. O‘tgan mavsumni “Rasing” safida o‘ynagan Lyuka 33 ta uchrashuvda 42 ta to‘p o‘tkazib yubordi va ettita uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Yaqinda yana bir o‘g‘li - Entso Zidan "Almeriya" klubini tark etgan edi. 

Zidan ishsiz qoldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!