
Zidan: "Real"ni tark etishga majbur bo‘laman
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zineddin Zidan jamoadagi faoliyati haqida aytib o‘tdi.
- Men, faqatgina men jamoaning asosiy va zahiradagi darvozaboni kim bo‘lishini tainlayman. Agarda futbolchilarni boshqara olmasam jamoani tark etishga majbur bo‘laman.
Albatta, klub doirasida transfer bilan bog‘liq muammolarni boshqa insonlar amalga oshirishadi. Biroq asosiy tarkibdan yoki zahira o‘rindig‘idan kim joy olishini faqatgina murabbiy hal qiladi.
Beyl "Betis"ga qarshi maydonga tushishini aytishim mumkin, ammo ushbu bahs uning ohirgi uchrashuvi bo‘ladimi yo‘qmi oshkor qila olmayman.
Ta’kidlab o‘tishim joizki, ushbu mavsum biz uchun juda qiyin kechdi, keyingi mavsum muxlsilar biz bilan faxrlanishlariga aminman, - deya Zidanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.
Fikrlar