Zidan top-klub bosh murabbiyligiga asosiy nomzod. Bu “Real” emas
Frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan top-klub bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Gap Madridning “Real” jamoasi haqida emas.
Evropa ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Zinedin Zidanni tayinlash variantini ko‘rib chiqmoqda.
Angliya klubi rahbarlari bu lavozim uchun nomzodlar ro‘yxatini ham tuzib bo‘lgan. Zidandan tashqari, unga Erik ten Xag, Garet Sautgeyt, Liam Rosenor, Frenk Lempard va Brendan Rojers kabi tajribali mutaxassislar kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya matbuoti Zinedin Zidan “Real” Xabi Alonsoni ishdan bo‘shatilgan taqdirda uchinchi bor “Real” bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligini yozgan edi.
“Chelsi”ga keladigan bo‘lsak, hozircha jamoa bosh murabbiyi lavozimini Entso Mareska egallab turibdi, biroq barcha voqealar uning iste’fosiga olib kelishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, italiyalik mutaxassisning o‘zi ham rahbariyat bilan yuzaga kelgan tarang munosabatlar ortidan joyini bo‘shatishga tayyor.
Fikrlar