Zidan va Anchelottining bu futbolchidan umidi katta

Braziliyalik hujumchi Rodrigo "Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan hamda klubning hozirgi ustozi Karlo Anchelotti haqida gapirdi.

“Zidan menga kelajakda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishimni aytdi. Anchelotti ham menga katta ishonch bildirmoqda. Bu so‘zlar meni juda xursand qiladi. Hozirda o‘z ustimda ko‘proq ishlamoqdaman, bor e’tiborimni mashg‘ulotlarga qaratdim. Ishonchim komilki, agar men har kuni bor kuchim bilan harakat qilsam, ko‘p narsaga erisha olaman”, - deya Rodrigoning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda La Ligada 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!