Zidan yana sobiq jamoasiga murabbiy bo‘lishi mumkin
Zinedin Zidan yana "Real Madrid" murabbiyi etib tayinlanishi mumkin. Zinedin Xabi Alonsoning o‘rnini egallash ehtimoli bor.
Indykaila New xabariga ko‘ra, hozir madridliklarda Alonso faoliyatidan norozilik kuchayib bormoqda. Yaqin vaqt ichida u iste’foga chiqariladi deb taxmin qilinmoqda. Ispaniyalik murabbiyning o‘rniga matbuot faol ravishda “qaymoqranglilar” bilan avval ham ishlagan Zidanni nomzod sifatida tilga olmoqda. Ayni paytda frantsiyalik mutaxassis ishssiz. Uning o‘zi esa 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Frantsiya terma jamoasini boshqarishni istaydi.
Eslatib o‘tamiz, Xabi yozda “Real”ning yangi bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan edi. Hozirda klub La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar