
Zidanning o‘g‘li "Real"ni tark etadi
France Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning o‘g‘li faoliyatini Liga 2 ishtirokchisi "Klermon" jamoasida davom ettirishi mumkin.
Joriy yilgi mavsumda kichik Zidan madridliklar safida bir uchrashuvda maydonga tushdi. Shuningdek, frantsiyalik kiper "Real"ning ikkinchi jamoasi safida 26 bahsda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 33 ta to‘p olib chiqdi.
Ma’lumot uchun, "Klermon" Liga-2 bahslari tugashiga 3 tur qolganida turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar