
Ziesh Turkiya klubiga o‘tishga yaqin turibdi
"Chelsi" vakili Hakim Ziesh Turkinyaning "Galatasaroy" klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qilmoqda.
Yarim himoyachi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va transfer amalga oshadi. Klublar kelishuvga erishgan. Marokashlik futbolchi ham "sherlar" tarkibida to‘p tepishga tayyor.
Hakimni oldinroq "An-Nasr"ga o‘tishga yaqin kelgandi. Ammo tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagani bois, u Saudiyaga yo‘l olmadi. Shuningdek, qishda PSJ ham uni ijaraga olishi mumkin edi.
Fikrlar