Zlatan Ibragimovich Xabib Nurmagomedovga qanday chorlov yubordi?
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich ijtimoiy tarmoqlarda yangi chellendjni boshladi. U buni "Matrix Challenge" deb nomladi.
Videoda shved to‘pni "Matritsa" qahramoni Neoning o‘q uzilgandagi mashhur harakatiga taqlid qilib, yuzi va ko‘kragi bilan ushlab turdi. Hujumchi shuningdek, Xabib Nurmagomedov, Novak Jokovich, Pol Pogba va uning agenti Mino Rayolaga ham ushbu chellendjni taklif qilgan.



Fikrlar