Zlatan o‘zidan zo‘r ikki futbolchi borligini tan oldi
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibrohimovich dunyoning eng zo‘r futbolchilari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Kilian Mbappe zo‘r futbolchilar o‘nligiga kiradi. Aslida futbol cho‘qqisini uzoq yillar davomida egallab turgan o‘yinchilar bor. Lekin hozirgi yoshlarga haqiqiy namuna sifatida Erling Xolandni ko‘rsatish kerak. Yana kim zo‘r? Ibrohimovich albatta. Qolganlar eslashga ham arzimaydi, - dedi Zlatan Ibrohimovich.
Zlatan Ibrohimovich 2020 yili “Milan” a’zosiga aylangan edi. Joriy mavsumda 40 yoshli hujumchi to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli pas berdi.

Fikrlar