"Barselona"ning sobiq ustozi endi Meksika terma jamoasini boshqaradi
AQShning "Atlanta Yunayted" klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’dum bo‘ldi.
Univision nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 55 yoshli argentinalik mutaxassis Meksika futbol federatsiyasi bilan mamlakat terma jamoasini boshqarish borasida kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi meksikaliklar bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolaydi va yiliga 1,94 mln evro maosh oladi. U Meksika terma jamoasida MLSda mavsum yakunlangach ish boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Martino bundan avvalroq MLSning joriy yildagi eng yaxshi murabbiyi deb topilgan edi.
Fikrlar