Duglas Kosta raqibiga tupurgani uchun uzr so‘radi

Uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda 28 yoshli futbolchi raqib jamoa futbolchisi Federiko De Francheskoning yuziga qarata tupurgan edi. Uchrashuv bosh hakami - Daniele Kiffi esa videotakrorlardan so‘ng braziliyalik futbolchini maydondan chetlatgan edi.

"Barcha "Yuventus" muxlislaridan bugungi qiliqlarim uchun uzr so‘rayman. Shuningdek, har qanday vaziyatda mening yonimda turgan sheriklarimdan ham bu borada uzr so‘rab qolaman. 

Yomon hodisa bo‘ldi va buning uchun barchadan kechirim so‘rayman", - dedi Kosta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!