Endi Sabina Sharipova Xitoyda o‘ynaydi

Xitoyning Shenchjen shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan ayollar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada Sabina Sharipova ishtirok etmoqda.

Sovrin jamg‘armasi 100,000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi S.Sharipova ilk uchrashuvni chernogoriyalik Danka Kovinichga qarshi o‘tkazadi.

Ushbu uchrashuv 7 noyabr kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!