Marselo "Jirona"ga qarshi bahsda zaxiraga olinganidan hayron
Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo kecha La Liganing 2-turi doirasida “Jirona”ga (1:4) qarshi bahsda nega zaxiraga olinganini tushunmadi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi o‘yinning 60-daqiqasida o‘z o‘rnini Rafael Varanga bo‘shatib berdi.
“Men ushbu almashtirishdan hayron qoldim. Albatta, murabbiyning qarorini hurmat qilaman, lekin men o‘yinga 100% tayyor edim va uchrashuvni davom ettirishni xohlagandim”, - deydi Marselo.
Fikrlar