Vera Zvonaryova Uimbldondagi yurishini boshladi
Rossiyalik tennischi Vera Zvonaryova Uimbldon turnirining saralash bahslarini muvaffaqiyatli boshladi.
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi mazkur musobaqaning asosiy to‘riga chiqish uchun o‘tgan o‘yinda Vera yaponiyalik Eri Xodzumini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Zvonaryova navbatdagi bosqichda italiyalik Jasmine Paolini va hamyurtimiz Sabina Sharipova uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar