Arne Slot hali hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagan edi...

  • 20.10.2025 08:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining 8-turidan o‘rin olgan “Liverpul” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi uchrashuvda ko‘pchilik kutmagan natija qayd etildi.

Amaldagi chempion o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida inqirozdan chiqishga urinayotgan manchesterliklarni qabul qilib, o‘yinda 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

The Athletic nashrining yozishicha, bu natija “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot uchun antirekord sifatida tarixga yozildi. Gap shundaki, bu mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida hali hech qachon ketma-ket to‘rtta uchrashuvda yutqazmagan ekan.

“Yunayted” bilan bo‘lgan o‘yingacha Arne Slot shogirdlari APL doirasida “Kristal Pelas” va “Arsenal”ga ham bir xil – 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Evropa Chempionlar ligasida esa. “Galatasaroy” liverpulliklarni 1:0 hisobida enggan edi.

Bundan tashqari, “Liverpul” 2014 yildan beri ilk bor qatorasiga to‘rtta o‘yinda imkoniyatni boy berdi. O‘shanda jamoani Brendan Rojers boshqargan va mag‘lubiyatlar seriyasidan qutilish ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri kelgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!