"Arsenal" 22 yoshli shotlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

  • 08.08.2019 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shotlandiyaning "Seltik" klubi himoyachisi Kiran Tirni faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Sky Sports nashrining xabar berishicha 22 yoshli shotlandiyalik futbolchi "Arsenal" safiga ko‘chib o‘tadi. Uning transferi esa “kanonirlar”ga 30 mln evroga tushadi. Tirni bugun Londonda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Tirni “Seltik” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada shu kungacha 170ta o‘yinda ishtirok etdi va 8ta gol hamda 37ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Shotlandiya terma jamoasi safida esa 12ta o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!