“Barsa” qimmatga olgan futbolchini jamoaga qo‘sha olmayapti

  • 03.01.2022 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” direktori Mateu Alemani klub yaqinda katta summaga xarid qilingan Ferran Torresni ro‘yxatdan o‘tkazishda muammo vujudga kelganini tan oldi.

Kataloniyaliklar 21 yoshli ispan yarim himoyachisini “Manchester Yunayted”dan 55 million evroga xarid qilgan va qo‘shimchasiga 10 million evro bonus to‘lashga va’da bergan.

- Hozir Ferran Torresni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaymiz. Lekin u klubga etib kelgunga qadar bu vaziyatni o‘nglashga umid qilyapmiz. Yusuf Demirning klubdan ketishi bu masalaning echimi hisoblanadi va shu ish ustida ishlayapmiz. Shuningdek, Lyuk de Yongning vaziyatini kuzatishimiz kerak, - dedi Mateu Alemani.

“Barselona” moliyaviy feyr-pley talablariga ko‘ra, yozda Lionel Messi bilan shartnomani yangilay olmay, uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!