"Barselona" futbolchisi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi sharafini himoya qilayotgan daniyalik himoyachi Andreas Kristensen faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining transferiga qiziqish bildirayotgan klub bu "Milan".
"Rossoneri" rahbariyati yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar kelishuvni rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" muzokaralar olib borishga tayyor va daniyalik uchun 30 million evrolik narxni e’lon qilib bo‘lgan.
Andreas 2022 yil yozidan beri "Barselona" futbolchisi hisoblanadi. Himoyachining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunida o‘z nihoyasiga etadi. Uning bozor qiymati 12 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar