Klyuyvert Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyiligidan ketdi

  • 16.10.2025 15:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

49 yoshli mutaxassis Patrik Klyuyvert Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu qaror jamoa Jahon chempionati–2026 saralashidan chiqib ketgach qabul qilindi.

"Har tomonlama va o‘zaro hurmatga asoslangan muzokaradan so‘ng ikki tomon ham hamkorlikni tugatishga kelishib oldi", — deyiladi Indoneziya futbol federatsiyasi bayonotida.

Klyuyvert jamoani 2025 yil yanvaridan buyon boshqarib kelayotgan edi. U terma jamoa bilan 8 ta o‘yin o‘tkazdi (3 g‘alaba, 1 durang va 4 mag‘lubiyat).

Ma’lumot o‘rnida, Indoneziya hal qiluvchi bosqichda Saudiya Arabistoni (2:3) va Iroqqa (0:1) mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!