"Mag‘lubiyatga loyiq emasdik, engilmaydigan jamoani o‘zi yo‘q" - "Neftchi" ustozi ilk yutqazgan o‘yindan keyin yana nimalarni aytdi?
6-turning markaziy oʻyinlaridan biri Fargʻonada boʻlib oʻtdi va unda “Neftchi” “Paxtakor”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. Natijada amaldagi chempion joriy mavsumdagi dastlabki magʻlubiyatini tan olishga majbur boʻldi.
Uchrashuvdan soʻng “Neftchi” ustozi Islom Ismoilov matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.
- Birinchi navbatda muxlislarimizdan uzr soʻrayman. Magʻlubiyatga loyiq emasdik. Shu bilan birga “Paxtakor” jamoasini gʻalaba bilan tabriklayman. Oʻylaymanki, futbolchilar qoʻlidan kelgan barcha ishni amalga oshirishdi. Bu – futbol. Bitta vaziyat oʻyin taqdirini hal qilib ketdi. Oʻynini qaytadan koʻrib chiqamiz. Yutqazmaydigan jamoani oʻzi yoʻq. Hammaisini koʻrib chiqib, keyingi oʻyinga yaxshi tayyorgarlik koʻrishga harakat qilamiz.
- FIFA ruxsat bersa Erondagi legionerlarimiz Igor Sergeevni “Neftchi”ga oʻtishi qanchalik haqiqatga yaqin?
- Bu boʻyicha aniq maʼlumot yoʻq. Buni klub rahbariyati hal qiladi. Hozircha menda bu borada aniq 100 foizli maʼlumot yoʻq.
- Gol oʻtkazilgan jarayongacha “Neftchi”da ikkinchi, uchinchi rejalar koʻzga tashlanmadi. Jamoa natijadan kelib chiqib, oʻyinda rang-baranglik taqdim eta olarmidi?
- Bu gapingizga qoʻshilmagan boʻlardim. Sababi, bizda ikkinchi reja bor edi. Ikkita hujumchini maydonga tushirdik va koʻproq uzun paslar bilan oʻynashga harakat qildik. Bir nechta imkoniyatlar boʻldi, ammo ulardan foydalanolmadik. Ikkita nominal hujumchi va hattoki, yarim himoyamizda bitta tayanch yarim himoyachisini qoldirdik. Gʻiyosov, Yovovich, Jumaev...Bularni barchasi hujumkor futbolchilar. Katta tavakkalchilikka qoʻl urdik. Oʻylaymanki, bu jamoamizni ikkinchi rejasi edi. Bu bizda oldindan bor edi va 70-daqiqada amalga oshirdik.
- Raqib chuqur himoyaga yotganda koʻproq ijodkor futbolchilar kerak boʻladi. Jamoadagi eng ijodkor oʻyinchi – Jamshid Iskanderov nega almashtirildi? Yoki bu jismoniy holati bilan bogʻliqmidi?
- Jismoniy holati bilan bogʻliq emas. Iskanderov oʻz sport formasida. Oʻzgartirishga keladigan boʻlsak, “Paxtakor” qarshi hujumga oʻtganidan keyin biz ularni qarshi hujumga koʻtarilayotgan paytda uzun paslar bilan oʻynashga qaror qildik. Bu vaziyatda ikkinchi hujumchini tushirishimiz uchun Iskanderovni oʻyindan olishimizga toʻgʻri keldi. Chunki maydon markazida Yovovich endi zahiradan tushgandi. Agar Jokichni olib tashlasak, biz toʻliq tayanch zonasini boy bergan boʻlardik. Shundan kelib chiqib, yagona yoʻl bor edi – Iskanderovni oʻyindan olib ikkinchi hujumchini tushirdik.
- Koʻpchilikni savoli: Ikrom Aliboev koʻrinmadi...
- Aliboev oʻyin oldi mashgʻulotlarida jarohat oldi. Shuning uchun u qaydnomada ham yoʻq edi.
- Boshqa jarohat olgan oʻyinchilar yoʻqmi?
- Yoʻq, qolgan hammasi sogʻ.
Fikrlar