"Manchester Yunayted" salkam 29 million evroga hujumchi xarid qiladi
"Benfika" hujumchisi Gonsalo Ramos faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi "The Sun".
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag hujum chizig‘idagi boshqa futbolchilar jarohat olgan taqdirda jamoaga yangi zaxira hujumchisi kerak deb hisoblamoqda. Gonsales ingliz klubiga 28,5 million evroga tushishi kutilmoqda.
21 yoshli portugaliyalikning "Benfika" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchisini 20 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Ramos lissabonliklar safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar