"Mash’al" bugun "Bunyodkor"ga yutqazdi, OKMKni esa mag‘lub etdi

  • 26.02.2024 21:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘ryayotgan Muborakning «Mash’al» jamoasi Toshkentda Superliga  vakillari «Bunyodkor» va OKMK jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvlarini o‘tkazdi.

Birinchi nazorat uchrashuvida Muborak jamoasi 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. “Mash’al”ning yagona golini penaltidan Muhammadali Namozov kiritdi.

Ikkinchi nazorat uchrashuvida esa «Mash’al» OKMK jamoasi bilan bahs olib bordi. Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuvda muborakliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

“Mash’al”ning asosiy tarkibi: Umid Hamroev,  Muhammadali Namozov, Shahboz Jo‘raev, Asil Begimqulov, Javohir Abdualimov, Xumoyun Murtozaev, Ibrohim G‘anixonov, Rustam Abduhamidov, Islom Baratov, Nurjahon Muzaafarov, Maykl  Babatunde.

Gollarni Nurjahon Muzaffarov, Rustam Abduhamidov (ko‘rikda) va Anvar Murodovlar kiritishdi.

“Mash’al” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!