Mbappe "Barselona" qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadimi?
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappening Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga (11 yanvar) qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi bilan bog‘liq xatarlar haqidagi savolga javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni ispaniyalik grand hujumchining chap tizzasi paylari cho‘zilgani haqida xabar bergandi.
"U ancha yaxshi bo‘lib qoldi. Avvaliga u "Atletiko" bilan o‘yinga tayyor bo‘lishi taxmin qilingandi, ammo biz uni shoshirmaslikka qaror qildik. Finalga qadar u o‘zini qanday his qilayotganiga qarab ishtirok etishi mumkin. Bugungi mashg‘ulotdan so‘ng uning holatini baholash uchun barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. O‘shanda Kilian asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyormi yoki kamroq o‘ynaydimi, qaror qabul qilinadi.
Xatarlar? Biz ularga baho berishimiz kerak. Biz mas’uliyatni his qilishimiz va qabul qilgan qarorlarimizning oqibatlarini o‘z zimmamizga olishimiz kerak. Ular o‘ylamasdan qabul qilinmaydi, bu o‘ylangan tavakkal", - deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Fikrlar