Mbappe: "Real"da o‘ynash — Allohdan berilgan sovg‘a"

  • 14.04.2026 15:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe Madriddning "Real" klubidagi oʻyinlari haqida fikr bildirdi.

"Bu jamoada oʻynash — Allohdan berilgan sovgʻa kabi. "Real" formasida maydonga chiqib, sen dunyoning eng buyuk klubi libosini himoya qilasan va eng yirik uchrashuvlarda ishtirok etasan. Bu meni juda baxtli qiladi. Bu yerda oʻyinim yanada yaxshilandi", — dedi Mbappe.

Ushbu soʻzlar "Mundo Deportivo" nashri tomonidan keltirildi.

15 aprel, chorshanba kuni Madriddning grand jamoasi mehmonda Myunxenning "Bavariya" klubiga qarshi UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali javob oʻyinini oʻtkazadi. Ilk uchrashuvda ispan klubi "Santyago Bernabeu"da 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!