“Milan”: Ibrohimovichning o‘rnini kim oladi?

  • 21.12.2020 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Milan” jarohatidan keyingi mashg‘ulotda qayta shikastlangan asosiy to‘purari Zlatan Ibrohimovich o‘rniga boshqa hujumchi oladigan bo‘ldi.

Milanliklarning 35 yoshli ispan hujumchisi Fernando Lorentega e’tibor qaratdi. Bu futbolchi hozir “Napoli” a’zosi hisoblanadi.

Lorenteni qishki transferlar mavsumida “Sampdoriya” xarid qilmoqchi edi. Endi raqobatga “Milan” qo‘shildi. Hujumchi uchun kurashda milanliklarning imkoniyati yuqori baholanmoqda.

Lorentening o‘zi Neapolni tark etishga tayyor. Chunki u joriy mavsumda umuman maydonga tushirilmadi. O‘tgan mavsumda esa ispaniyalik hujumchi 24 ta o‘yinda to‘rtta gol urib, bitta golli pas muallifi bo‘lgandi. Fernandoning shartnomasi yozda yakunlanadi va shu bois uning transfer summasi atigi 2 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!