Navbahor Hamidova mezbonlar bokschisini taslim etdi

  • 10.09.2025 23:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilyapti.

-65 kg da vakilamiz Navbahor Hamidova mezbonlar sportchisi Sacha Hikkeyga qarshi ringga ko‘tarildi. To‘liq 3 raund davom etgan bahs hamyurtimizning g‘alabasi bilan yakunlandi - 4:1.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Abdumalik Xalokov va Bibars Jeksen (Qozog‘iston) to‘qnashuvi kutmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!