Paragvay terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqishi tufayli mamlakatda milliy bayram e’lon qilindi
Paragvay prezidenti 2010 yildan buyon ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma olgan mahalliy futbol terma jamoasining yutug‘ini munosib tarzda e’tirof etdi. U 5 sentyabrni dam olish kuni va milliy bayram deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Mahalliy hokimiyat organlarining rasmiy manbalarida e’lon qilingan hujjatda ta’kidlanishicha, dam olish kuni tibbiyot sohasi xodimlariga, shuningdek, jamiyat uchun zarur bo‘lgan davlat xizmatlari sohasida band bo‘lgan amaldorlarga tatbiq etilmaydi.
Saralash musobaqalari yakuniga bir tur qolganida paragvayliklar turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdilar. Shuningdek, Janubiy Amerikadan Argentina, Braziliya, Urugvay, Ekvador va Kolumbiya terma jamoalari ham jahon chempionatiga yo‘llanma olgan.

Fikrlar