Petra Martich "Rolan Garros"dagi ishtirokini yakunladi

Xorvatiyalik Petra Martich Parij shahrida o‘tayotgan "Rolan Garros" musobaqasidagi ishtirokini ikkinchi davrada yakunladi.

U uchinchi davra yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda xitoylik Tszyan Vanga qarshi kortga chiqdi. Ushbu o‘yinda Van raqibini har ikkala setda 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi xitoylik tennischi Frantsiya ochiq chempionatida qozog‘istonlik Yuliya Putintseva bilan raqobatlashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!