PSJ yulduz hujumchisi bo‘yicha birinchi taklifni oldi

  • 03.01.2022 12:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJ rahbariyati hujum chizig‘ida futbolchilar ko‘pligidan asosiy tarkibda etarlicha o‘ynay olmayotgan Mauro Ikardi bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio  Parij klubi argentinalik forvardga birinchi taklif kelib tushgani haqida xabar tarqatdi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Yuventus” tajribali o‘yinchini o‘z safiga chorlamoqda.

Turinliklar agar PSJ ma’qul narx aytadigan bo‘lsa, Ikardining transferini sotib olishga tayyor.

PSJ 2020 yilda bu futbolchi uchun 50 million evro sarflagan edi. Joriy mavsumda 20 marta maydonga tushgan Mauro o‘z hisobiga beshta aniq zarba yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!