"Real" kichik hisobda raqibini mag‘lub etdi
La Liganing 23-turidan o‘rin olgan "Real Madrid" - "Granada" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga etdi. Unda mezbonlar minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni 74-daqiqada Marko Asensio o‘z nomiga yozib qo‘ydi.
Mazkur natijadan so‘ng madridliklar 53 ochko bilan jadvalda 1-o‘rinda ketmoqda. "Granada"ning ochkolari soni 24tani tashkil etadi. Ayni paytda jamoa 16-pog‘onadan o‘rin egallagan.
Fikrlar