"Shaxtyor" Evropa ligasining antirekordini o‘rnatdi

  • 18.08.2020 11:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kecha “Inter” va “Shaxtyor” (5:0) jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan UEFA Evropa ligasi yarim final uchrashuvi tarixdan joy oldi.

Gap shundaki, shu kungacha ushbu turnirning yarim finalida hech bir jamoa “konchilar”dek yirik hisobda imkoniyatni boy bermagan edi. Qizig‘i, “neradzurrilar”dan uchralgan bu mag‘lubiyat Ukraina chempioni uchun joriy mavsum Evropa ligasidagi birinchi va yagona mag‘lubiyat bo‘lib qoldi.

Endi 21 avgust kuni “Inter” finalda “Manchester Yunayted”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Sevilya”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!