
"Barsa" olib kelmoqchi bo‘lgan Xavining tovon puli qancha?
Mavsum debyutanti "Rayo Valekano"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Ronald Kumanni iste’foga chiqargan "Barselona" zudlik bilan yangi murabbiy qidirmoqda.
Jamoa afsonasi Xavi kataloniyaliklarni boshqarishga rozi bo‘lganligi haqida xabarlar tarqaldi. "Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati Xavi hozir ishlayotgan "Al-Sadd" bilan shartnomani bekor qilish borasida kelishib oldi. Ispaniyalikning tovon puli 1 million evroni tashkil etadi.
"Diario Sport" xabariga ko‘ra, Qatar klubida Xavi bilan birgalikda faoliyat olib borgan mutaxassislar ham Kataloniyaga qo‘chib o‘tadi. Murabbiyning akasi Oskar, yordamchisi Serxio Alegre va fitnes bo‘yicha mutaxassis Ivan Torres shtabdan o‘rin olgan.
Uning "Barselona" boshqaruviga kelishi yangi loyiha uchun eng ma’qul variant sifatida ko‘rilmoqda.
"Barselona"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi!
"Barsa" - "Real" uchrashuvidagi holat yuzasidan prokuratura ish olib boradi
Bo‘shatib yuborilgan Kuman "Barsa"dan yaxshigina pul oladi
Kuman ortidan "Barsa"ning 3 afsonasi ham klubdan ketishga yaqin turibdi
Fikrlar