O‘zbekistonlik professional bokschining jangi bekor bo‘lishi mumkin

  • 3 mart, 2022, 15:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning o‘rta vazn toifasida janglar o‘tkazib kelayotgan hamyurtimiz Hurshidbek Normatov (10-0, 3 KO) o‘zining navbatdagi bahsini 11 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Dedvud shahrida o‘tkazishi kerak edi. "ShoBox: The New Generation" doirasi bo‘lib o‘tadigan kechada unga amerikalik Vernon Braun (13-1-1, 9 KO) raqiblik qilardi. 

Bokschimizning Sports.uz saytiga ma’lum qilishicha, ushbu jang bo‘lishi katta so‘roq ostida qoldi. Bunga Vernon Braunning qo‘lidan olgan jarohati sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Normatov 2020 yil 28 yanvar kuni o‘zining oxirgi jangida Uriel Ernandez ustidan ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan edi.

Dmitriy Bivol va Saul Alvares ilk bor "face to face"da, jang manzili ham tasdiqlandi (video)

Gennadiy Golovkin o‘zbek bokschisining sobiq raqibiga qarshi jang o‘tkazadi, sana va manzil ma’lum bo‘ldi

Ana xolos! Tayson Fyuri kutilmaganda faoliyatini yakunlashini aytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
03/03/2022 16:32
эх афсус! ишкилиб бошка машхуррок боксчи топилсин-де! Хуршид чемпионликка хам арзийдиган боксчи