
Rasmiy xabar! Jaloliddin Masharipov "Istiqlol" a’zosiga aylandi
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Jaloliddin Masharipov faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradi.
"Istiqlol" klubi Masharipov bilan bir yarim yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Futbolchi tez orada Tehronga boradi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jaloliddinga "Navbahor" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar