
"Strandja". Jahongir Zokirov raqibini nokautga uchratdi
Birozdan so‘ng Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Strandja” xalqaro turnirining yarim final janglari start oladi.
Bugun musobaqada doirasida 12 ta bahsda, 14 nafar bokschimiz ringa ko‘tarilishadi. Ushbu janglardan onlayn natijalarni saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin!
Ahamiyatli tomoni, -54 kg va -75 kg vaznlardagi janglarda vakillarimiz qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.
+92 kgda jang qilgan vakilimiz Jahongir Zokirov gruziyalik Nikolaz Begadze bilan ringga ko‘tarildi. Zokirov ushbu jangda raqibini nokautga uchratdi va finalga yo‘l oldi.
-86 kgda o‘zbekistonlik Samandar Jalolov ukrainalik Pavlo Michkovskyi jangi bo‘lib o‘tdi. To‘liq davom etgan jangda Michkovskyi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va fianlga chiqdi, Jalolov esa yarim finalda to‘xtadi.
-75 kg vaznda ikki o‘zbekistonlik bokschilar Fazliddin Erkinboev va Javohir Ummataliev jang qildi. Ushbu qarama-qarshilikda Javohir Ummatalievning qo‘li baland keldi va finalga yo‘l oldi.
-71 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Iqboljon Holdorov hindistonlik Akashga qarshi jang o‘tkazdi. Vakilimiz ushbu jangda 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqdi.
-63,5 kg vaznda Adhamjon Muhiddinov ukrainailik Yaroslav Hartsizga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangda Muhiddinov 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqdi.
-60 kgda yana bir bokschimiz Abdumalik Xalokov armanistonlik Artur Sahakyanga qarshi jang qildi. O‘ta qiziqarli kechgan jangda Xalokov 5:0 hisobida g‘alabani tantana qildi va finalga yo‘l oldi.
-60 kg vazn toifasida vakilimiz Dilshod Abdumurodov va Asror Vohidov (Tojikiston) jangi yakunlandi. Deyarli teng kurashlar ostida kechgan bellashuvda Abdumurodov 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.
-57 kg vazn toifasida Shahzod Muzafarov mo‘g‘ulistonlik Enh-Amar Harhuuga qarshi ringga ko‘tarildi. Vakilimiz ushbu jangni 5:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi va finalga yo‘l oldi.
-51 kggacha bo‘lgan vazn toifasida o‘zbekistonlik Asilbek Jalilov - qo‘shni Qozog‘iston vakili Sanjar Tashkenbayga qarshi jang qildi. Ikkala sportchi ham ochiqcha jang qildi. To‘liq davom etgan jangda Tashkenbay 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
-57 kg o‘ratsida bo‘lib o‘tgan Humorabonu Mamajonova - Svetlana Kamenova (Bolgariya) jangi ham o‘ta shiddatli tarzda kechdi. Ushbu jangda vakilamizga biroz omad etishmadi va o‘z yurishini yarim finalda to‘xtatadigan bo‘ldi. Yakuniy hisob Kamenova foydasiga 5:0 ko‘rinish oldi.
-50 kilogramgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi vakilimiz Sabina Boboqulova xitoylik Vu Yu o‘rtasidagi jang yakunlandi. Keskin va shiddatli o‘tgan jangning birinchi roundida Vu Yu ustunlik qilgan bo‘lsa, ikkinchi round vakilimiz foydasiga yozildi. Uchinchi roundda esa Boboqulova jang taqdirini o‘z foydasiga hal qildi. Yakuniy hisob 4:1 ko‘rinishdi yakunlandi va vakilimiz finlga yo‘l oldi.
Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar