“Navbahor” rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi
Bundan biroz vaqt oldin “Navbahor” futbol klubi rahbariyati va ma’muriyat xodimlari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Mazkur yig‘ilishda “Navbahor” futbol klubi vitse-prezidenti Akramjon Dedabaev klubning yangi direktorini tanishtirdi. Endilikda “Navbahor” futbol klubi direktori sifatida Nosirjon Sultanov faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida Nosirjon Sultanovni 1992 yildan 1994 yilga qadar klub tizimida ish olib borganligini qo‘shimcha qilish joiz.

Fikrlar