Pepning yangi “sehrli tayoqchasi” kim?
Bernardo Silva qatorasiga ikki marta chempionatni ikki klub safida yutib olgan. Ikkala klubning saviyasi turlicha bo‘lgani ham ahamiyatga sazovor.
2016-17-yilgi mavsumda «Monako» safida u muhim figura bo‘ldi. 1 Ligani yutib olishda asosiy futbolchilardan biri sifatida mukammal mavsumni o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgandi.
Keyinchalik uning katta pullar evaziga «Manchester Siti»ga o‘tishi ortidan portugaliyalik iqtidor egasi Manchesterda milliy chempionatni yutib oldi. Biroq Pep Gvardiola shogirdlari 100 ochkolik dovonni bosib o‘tishida uning xizmatlari arzimas bo‘ldi.
Ko‘p taraflama bu tushunarsiz holat. 2016-17-yilgi mavsumda Silva Leonardo Jardim qo‘li ostida uchinchi mavsumini o‘tkazdi. U mamlkatni, klubni va muhimi taktikani juda yaxshi bilardi. Xullas ancha pishgandi.
Manchesterga kelgach, u yangi mamlakatga (sovuq ob-havo), yangi jamoasiga va madaniyatiga, albatta Pep Gvardiola taktikalariga moslashishi uchun vaqt talab qilinardi.
U Premer Ligada 35 uchrashuvda (15 o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan) 1520 daqiqaga ega bo‘ldi. Uning «Monako»dagi faoliyatiga solishtirsak, u 1 Ligada 37 o‘yinda (33 marta asosiy tarkibdan) 2800 daqiqalik o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Shu sababli ham uning «Manchester Siti»dagi kelajagiga ishonch bor deb bemalol aytishimiz mumkin.
Biroq buni keragi yo‘q, Silva moslashib bo‘ldi, u Angliyani shturm bilan qo‘lga olishga tayyor.
Bunga Kevin De Bryuynening jarohat olgani katta imkoniyat yaratdi.
Silvaning «Monako»dagi roli 4-2-2-2 o‘yin sxemasida o‘ng qanot vingeri vazifasi edi. Bunda portguliyalik futbolchi maydonning yarmida Djibril Sidibe bilan hamkorlikda raqib darvozasi tomon xavf solish yo‘llarini qidirib topish edi. «Etihad»dagi ilk mavsumida ham u 4-3-3 o‘yin uslubida o‘ng qanot vingeri pozitsiyasida harakat qildi. Gvardiola qo‘li ostida uning boshlang‘ich pozitsiyasi kengroq edi.
Uning kelajagi yana boshqa joylarda bo‘lishi mumkin, biroq uning o‘ng qanot vingeri bo‘lishi unga kafolatlangan daqiqalarni berishi aniq. Qo‘shimchasiga yozda Riyod Mahrezning – chapaqay o‘ng qanot vingeri kelib qo‘shilishi undan ko‘ra ko‘proq Rahim Sterling va Leroy Sanega xavf tug‘diradi. Gvardiola rejalariga ko‘ra Silva o‘ng qanot vingeridan uzoqlashtirilsa kerak.
Community Shield turnirida Silva markaziy yarim himoyada Fil Fodenning yonida paydo bo‘ldi.
Bu Pep undan oldin David Silvaga nisbatan amalga oshirgan navbatdagi evolyutsiyasi deyishimiz mumkin. Portugaliyalik futbolchi yarim himoyachi vazifasida o‘ynashga qodir, biroq unutmaslik kerakki, Pep Gvardiola tayanch yarim himoyachisini jahon saviyasidagi himoyachiga aylantirgan. Demak, odatiy qoidalar bu erda ishlamaydi.
Fakt shuki, Gvardiola taktikasida, markaziy yarim himoyasida o‘ynash Bernardo uchun ideal pozitsiya hisoblanadi. Haqiqiy vinger bo‘lish uchun tezlik va bardosh etmaydi. Monegasklar safida ham u yarim himoyadan turib o‘ynardi.
U o‘zi bilmagan holda ushbu rol uchun butun faoliyati davomida tayyorlanib keldi. Gvardiolaning yarim himoyasida u undan talab qilingan ishni ajoyib tarzda bajarmoqda.
Bir yillik moslashuvdan keyin u Premer Liganing jismoniy tajovuzlariga qarshi qanday harakatlanish kerakligini biladi. De Bryuyne safga qaytganida Bernardo Silva dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisiga aylnib bo‘lgan bo‘ladi.

Fikrlar