Aguero o‘rnini superto‘purarga bo‘shatib beradi

  • 01.11.2020 12:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati yoshi o‘tib qolayotgan va jarohatlarga moyil bo‘lgan Serxio Aguero o‘rniga yangi hujumchi qidirmoqda. Gvardiola qo‘l ostidagi Gabriel Jezus to‘purar hujumchi sifatida argentinalik forvard darajasiga ko‘tarila olmaganini ham bildirdi.

Avvalroq, Xosep Gvardiola jamoasiga “Barselona”dan ketishi  kutilayotgan Lionel  Messi kelishi haqida xabarlar tarqatilgan edi. Bartomeu “Barsa” boshqaruvidan ketganidan keyin Kataloniya klubida vaziyat o‘zgarmoqda va Messining qolishi uchun umid paydo bo‘ldi.

Moliyaviy jihatdan o‘ziga to‘q bo‘lgan “shaharliklar” asosiy hujumchi vazifasiga ikki superhujumchi – Kilian Mbappe yoki Erling Xoland nomzodini o‘rganib chiqmoqda.

Yozgi transferlar mavsumida Mbappe va Xolandning bozori qattiq qaynaydi. Chunki bu hujumchilar uchun kuchli beshlik chempionatlari grandlari hozirdan raqobatni boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!