Grizmann: "Real"ga o‘tishimga yo‘l qo‘ymaydigan to‘siqlar bor
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann faoliyati davomida sovringa ega bo‘lishni istashini, lekin "Real"ga o‘tishi mumkin emasligini aytdi.
- Men o‘zimni "Atletiko"da ham yaxshi his qilaman, - dedi Antuan Grizmann. - Lekin men ham sovrinlarni qo‘lga kiritishni istayman. "Real"ga o‘tolmayman. Chunki Madridning bu ikki klubi o‘rtasida bir-biridan futbolchi olmaslik haqida kelishuv bor. PSJga ham o‘tmayman. Chunki Frantsiya chempionati yoqmaydi. Men APLda o‘ynashim mumkin.
"Manchester Yunayted" kelasi yili yozda Grizmanni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Fikrlar