Ikardi PSJda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
"Inter" forvardi Mauro Ikardi faoliyatini PSJ klubida davom ettirishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli hujumchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va yaqin vaqt ichida shartnoma imzolaydi.
Avvalroq, PSJ va "Inter" futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgani va Ikardi Parij klubida ijara asosida to‘p surishi ma’lum bo‘lgan edi. Frantsiyaliklar futbolchini 60+5 evro evaziga sotib olish huquqiga ham ega ekanliklari ma’lum bo‘lgan.

Fikrlar