
"Prezident kubogi", birinchi kun ikki g‘alaba va bir mag‘lubiyat
Kecha, Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida an’anaviy "Prezident kubogi" xalqaro turniri boshlandi . Birinchi kun doirasidan uch nafar hamyurtimiz o‘z janglarini o‘tkazishdi. -57 kg vaznda Miraziz Mirzahalilov keyingi davraga yo‘l oldi. Dastlab, hakamlar g‘ayrioddiy tarzda mezbon bokschiga 3:2 hisobidagi g‘alabani "sovg‘a" etishgandi. Biroq, keyinchalik jang natijasi qayta ko‘rib chiqildi va Miraziz ikkinchi davraga yo‘l oldi. -91 kg vazn toifasida Sardor Yormuhammedov ham mezbon bokschiga qarshi ringa ko‘tarildi. Jang davomida raqibini nokdaun holatiga tushirganiga qaramay yakunda hakamlar qozog‘istonlik charmqo‘lqop ustasining g‘alabasini qayd etishdi. -63 kgda Kamronbek Eshmatov esa mo‘g‘ulistonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston terma jamoasi turnirga quyidagi tarkibda jo‘nab ketgandi:
Erkaklar:
-52 kg: Foziljon Abdumurodov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63 kg: Kamronbek Eshmatov
-69 kg: Fazliddin Meliboev
-75 kg: Odiljon Aslonov
-75 kg: Rajabboy Atanazarov
-75 kg: Akmalbek Qosimov
-81 kg: Kozimbek Mardonov
-91 kg: Sardor Yormuhammedov
Ayollar:
-57 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Shaxnoza Yunusova.
Manba: O‘zbekiston boks Federatsiyasi matbuot xizmati.
Fikrlar